add

Musulmonlar o‘zlarining NATOsini yaratmoqdami?

19.09.2025 | 20:0046413

Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida imzolangan o‘zaro mudofaa shartnomasi mintaqaviy hamkorlik uchun yangi yo‘l ochishi mumkin.

Musulmonlar o‘zlarining NATOsini yaratmoqdami?
Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif Pokiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro mudofaa shartnomasiga boshqa arab davlatlarining qo‘shilishi imkoniyatini istisno etmasligini bildirdi va «bunday hodisalar uchun eshiklar ochiq ekanligini» ta’kidladi. «Menimcha, bu yerdagi mamlakatlar va xalqlarning, ayniqsa musulmon aholisining o‘z mintaqasi, mamlakatlari va millatlarini birgalikda himoya qilishi ularning asosiy huquqidir», - deya qo‘shimcha qildi u. Ilgari Islomobod va Ar-Riyod o‘zaro mudofaa to‘g‘risida bitim imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra, mamlakatlardan biriga qilingan har qanday hujum ikkalasiga ham qilingan hujum sifatida baholanadi. Mazkur bitim mintaqada xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan va tashqi tahdidlarga qarshi birgalikdagi choralarni ko‘zda tutadi. Hujjatning imzolanishi ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikning mustahkamlanishini va mudofaa sohasidagi manfaatlarni birgalikda himoya qilishga bo‘lgan intilishni aks ettiradi. Tomonlar shartnomaning nafaqat harbiy-siyosiy hamkorlikni kuchaytirishini, balki mintaqadagi barqarorlikning kafolati sifatida xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Teglar

Mavzuga oid