add

Mutaxassislar narxi 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi 5 smartfonni aniqladi

Bugun 09:5817342

Gizchina nashri 2025 yil uchun 200 dollargacha bo‘lgan eng kuchli va tejamkor Android-smartfonlar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga Motorola, Samsung, Nothing va DOOGEE kabi brendlar kirdi.

Mutaxassislar narxi 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi 5 smartfonni aniqladi

Bugun 200 dollargacha bo‘lgan narxda sifatli smartfon topish ancha osonlashgan. Byudjet segmenti tez sur’atda rivojlanmoqda va 2025 yilda u zamonaviy dizayn, tezkor ekran va uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlov bilan ajralib turadigan modellar bilan to‘la.

Gizchina portali mutaxassislari narxi 200 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi Android-smartfonlar ro‘yxatini yangiladi. Reytingda birinchi o‘rinni Moto G (2025) modeli egalladi. Unda 6,7 dyuymlik Full HD+ displey, 120 Gs pirpirash chastotasi, MediaTek protsessori va ikki kungacha avtonom ishlash imkoni mavjud. Shuningdek, NFC qo‘llab-quvvatlanadi va tizim «toza» Android asosida ishlaydi.

Ikkinchi o‘rinni Samsung Galaxy A16 5G egalladi — 5G texnologiyasini eng arzon narxda taklif etuvchi modellardan biri. U Super AMOLED displeyga va olti yillik Android yangilanishlariga ega.

Uchinchi o‘rinda CMF Phone 1 — Nothing kompaniyasining subbrendi ishlab chiqargan smartfon. U almashtiriladigan orqa panellar va yorqin rang variantlari bilan ajralib turadi. Dimensity 7300 chipseti uni o‘z toifasidagi eng kuchli qurilmalardan biriga aylantiradi.

To‘rtinchi o‘rindagi DOOGEE Blade 10 esa barqarorligi bilan ajralib turadi. U MIL-STD-810H harbiy standarti bo‘yicha muhofazalangan korpusga ega bo‘lib, suv va balandlikdan tushishga chidamli. Uning batareyasi ikki kungacha yetadi.

Beshinchi o‘rinda Moto G 5G (2024) joy oldi. Garchi model bir yillik bo‘lsa-da, hanuz 200 dollargacha bo‘lgan eng funksional smartfonlardan biri hisoblanadi. U Snapdragon 4 Gen 1 chipsetiga, 6,6 dyuymlik 120 Gs ekranga va 5G qo‘llab-quvvatloviga ega. 

Teglar

Mavzuga oid