add

Namanganda yo‘lovchi qalbaki 30 ming dollar bilan ushlandi

02.09.2025 | 13:0048332

Namangan shahrida qalbaki 30 000 AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Namanganda yo‘lovchi qalbaki 30 ming dollar bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda «Toshkent–Namangan» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» avtomashinasi to‘xtatildi. Tekshiruvda yo‘lovchi S.B.dan har biri 100 dollarlik qalbaki kupyuralarda jami 30 ming AQSH dollari topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u ushbu pullarni Namangan shahrida aylanmaga kiritish maqsadida olib kelayotgani aniqlangan. Aniqlangan pullar rasmiy tartibda ashyoviy dalil sifatida olindi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 va 176-moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda. Avvalroq, Namanganda shahar hokimi tadbirkordan ko‘p qavatli uy qurish uchun yer ajratish evaziga 60 ming dollar pora talab qilgani fosh etilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid