add

NASA yaratgan sun’iy intellekt modellari quyosh xavfini oldindan bashorat qiladi

24.08.2025 | 11:0016954

Quyoshdagi kuchli chaqinlar yendi sun’iy intellekt yordamida Yerga yetib kelishidan ikki soat oldin aniqlanishi mumkin.

NASA yaratgan sun’iy intellekt modellari quyosh xavfini oldindan bashorat qiladi
NASA va IBM olimlari hamkorligida «Surya Heliophysics Foundational Model» nomli yangi sun’iy intellekt tizimi yaratildi. U quyoshda yuzaga keladigan kuchli chaqinlarni Yerga yetib kelishidan ikki soat oldin aniqlash imkonini beradi. Bu haqda NASA olimlariga tayanib, The Independent xabar qildi.  Yangi texnologiya sun’iy yo‘ldoshlar hamda elektr tarmoqlarini quyosh portlashlarining salbiy oqibatlaridan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Tizim NASA’ning Solar Dynamics Observatory yo‘ldoshi tomonidan to‘plangan o‘n yillik ma’lumotlar asosida o‘qitilgan. Quyosh chaqinlari Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga ta’sir qilib, GPS signallarida uzilishlar, sun’iy yo‘ldoshlar bilan aloqa buzilishi va elektr tarmoqlarida keng ko‘lamli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonlarni oldindan aniqlash qiyin, chunki ular millionlab kilometr uzoqlikda boshlanib, necha daqiqa yoki soat ichida Yerga yetib keladi. «Zmonaviy jamiyatimiz kosmik ob-havoga juda sezuvchan texnologiyalarga tayangan. Quyoshdagi kuchli faollik Yerdagi sun’iy yo‘ldoshlarimiz, GPS va elektr tarmoqlarimizga jiddiy tahdid soladi. Surya kabi SI modellari bizni bunday xavflardan oldindan ogohlantirishi mumkin», dedi NASA'ning geliofizika bo‘limi rahbari Jozef Uestleyk. NASA olimlariga ko‘ra, bunday kuchli quyosh chaqnashlari Quyosh yuzasidagi qoramtir dog‘lar — faol hududlar — atrofida yuzaga keladi. Ularning soni Quyoshning 11 yillik faollik siklining cho‘qqisiga yaqinlashgani sari ortib boradi. «Yer ob-havosini oldindan aytish uchun meteorologiyadan foydalanganimiz kabi, kosmik ob-havo bashoratlari ham Quyoshdagi hodisalarning Yerdagi texnologiyalarga qanday ta’sir qilishini oldindan aniqlashga yordam beradi», deydi olim Spiros Kasapis. NASA mutaxassisi Andres Munos-Xaramilo ta’kidlashicha, ushbu tizim orqali Yer uchun quyosh xavflariga qarshi oldindan ogohlantirish va himoya imkoniyatlari sezilarli darajada kuchayadi.

Teglar

Mavzuga oid