add

«Nasaf» muxlisi Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchrab, halok bo‘ldi

«Navbahor»—«Nasaf» o‘yinidan qaytayotgan «Nasaf» futbol klubi muxlislari Samarqand viloyatida yul-transport hodisasiga uchradi.

«Nasaf» muxlisi Namangandagi o‘yindan qaytishda YTHga uchrab, halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida «Nasaf» futbol klubi muxlislari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 31 oktabr kuni soat 08:30 atrofida Urgut tumani «Qoratepa» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomagistralning 1113-kilometrida sodir bo‘lgan. Kia Sonet avtomashinasi haydovchisi Samarqand—Qarshi yo‘nalishida harakatlanayotganida charchoq sababli uyqusirab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda transport vositasi yo‘l chetidagi tuproq uyumiga borib urilgan.

Haydovchi va yo‘lovchilar Urgut tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Yo‘lovchi, «Nasaf» klubining sodiq muxlisi Mahmud Muhammadiyev, shifoxonada olamdan o‘tgan. Haydovchi va yana to‘rt nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

xaydovchi

«Nasaf» futbol klubi marhum muxlis Mahmud Muhammadiyevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.

Urgut tuman IIB tomonidan ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

YHXB barcha haydovchilarga charchoq alomatlari sezilganda rul boshqaruviga o‘tirmaslik va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatdi.

Teglar

Mavzuga oid