add

NATO Bosh kotibi: «Biz Rossiyaning keyingi nishonimiz»

11.12.2025 | 21:004832 daqiqa

Unga ko‘ra, Rossiyadan kelayotgan xavf keskin ortib boramoqda va alyans bugun haqiqiy tahdid ostida turibdi.

NATO Bosh kotibi: «Biz Rossiyaning keyingi nishonimiz»

NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyansning Rossiya uchun navbatdagi nishonga aylanishini ta’kidladi. U bu haqda Berlinda Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

«Bugun men sizlarga NATO pozitsiyasi va urush boshlanishidan oldin uning oldini olish uchun nima qilishimiz kerakligi haqida gapirib berish uchun bu yerdaman. Buning uchun biz tahdidni juda aniq tushunishimiz lozim: biz Rossiyaning keyingi nishonimiz va allaqachon xavf ostidamiz», - deb aytdi Ryutte. Uning so‘zlarindan The Guardian iqtibos keltirmoqda.

NATO bosh kotibi juda ko‘pchilik vaziyatning jiddiyligi va shoshilinchligini his qilmayotgani, hamda «vaqt biz tomonda deb o‘ylayotganini» ta’kidladi.

«Aslida unday emas. Harakat qilish vaqti keldi. Ittifoqchilarning mudofaa va ishlab chiqarish xarajatlari tez sur’atda o‘sishi kerak. Qurolli kuchlarimiz xavfsizligimizni ta’minlash uchun barcha zarur narsalarga ega bo‘lishi shart», - deya qo‘shimcha qildi u.

Ryuttening fikricha, Rossiya «NATO va Ukrainaga nisbatan yanada qo‘polroq, beparvoroq va shafqatsizroq bo‘lib qolgan».

«XXI asrda mojarolar masofadan turib emas, balki eshigimiz oldida olib boriladi», deya ta’kidlagan NATO bosh kotibi.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, voqealarning bunday rivojlanishini NATO mamlakatlarining birdamligi, qat’iyati hamda mudofaaga sarmoya kiritish orqali oldini olish mumkin.

«Bu dahshatli fikr, lekin agar biz o‘z majburiyatlarimizni bajarsak, bunday ssenariyning oldini olishimiz mumkin. Men sizlarga, agar tezroq harakat qilmasak, bizni nima kutayotganini aytishga majburman», - dedi u.

Ryutte Berlindagi chiqishi davomida Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri sifatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralari haqida ham so‘zladi:

«Men Putin bilan ko‘p marta telefon orqali gaplashdim, keyinchalik u bilan G20 yig‘ilishlarida uchrashdim... va men allaqachon uning fikri-xayollarini taxmin qilishni to‘xtatib, faqat faktlarga e’tibor beradigan bo‘ldim», - dedi u.

Teglar

Mavzuga oid