
NATO davlatlari Rossiya chegarasida mashg‘ulotlar boshladi
18.09.2025 | 21:0018622
Mashg‘ulotlarda AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Latviya va Estoniyadan jami 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.

Estoniya hududida ikki haftalik Pikne ("Chaqmoq") harbiy mashg‘ulotlarini boshlandi. Ushbu mashg‘ulotlarda NATOga a’zo bir necha davlatlardan 3 ming harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarga AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Latviya va Estoniyadan taxminan 3 ming harbiy xizmatchi jalb qilingan.
Quruqlik, havo va dengiz kuchlari bo‘linmalari jalb etilgan. Asosiy voqealar mamlakatning shimoliy, g‘arbiy va sharqiy hududlarida kechadi. Ishtirokchilar qo‘shinlarni tez ko‘chirish va tahdidlarga birgalikda munosabat bildirish bo‘yicha mashq o‘tkazadilar.
Estoniya mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarning o‘quv-mudofaa xarakteriga ega ekanligini ta’kidladi.
Ilgari Latviyada 2 sentyabrdan 8 oktyabrgacha NATO davlatlaridan taxminan 12 ming harbiy xizmatchi ishtirok etadigan Namejs— 2025 keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan edi.





