
Navoiy viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi
24.08.2025 | 16:0013612
Temurjon domla Atoyev Navoiy viloyati bosh imom-xatibi etib tasdiqlandi. U bungacha ushbu lavozimda o‘rinbosar sifatida faoliyat yuritgan.

2025 yil 23 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Navoiy viloyati imom-xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi yillardagi diniy-ma’rifiy islohotlar va imom-xatiblar oldida turgan vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala sifatida bosh imom-xatib almashinuvi ham ko‘rildi. Ilgari ushbu lavozimda ishlab kelgan Toir domla Ro‘ziyev boshqa vazifaga o‘tkazilgani sabab, uning o‘rnini Temurjon domla Atoyev egalladi.
Yangi tayinlangan bosh imom-xatib Temurjon Atoyev «Ko‘kaldosh» madrasasi va Misrdagi al-Azhar universiteti talabasi bo‘lgan. U avval Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Chilustun» masjidida imom noibi, keyinroq esa viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy — Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Mustaqillikning 34 yilligi arafiasida «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni, bir qator imom-xatiblar «Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlangani haqida xabar bergan edik.





