add

Navoiyda havoni ifloslash ehtimoli yuqori bo‘lgan zavodlar aniqlandi

23.07.2025 | 10:4049963

Navoiy viloyatidagi sanoat hududidan chiqayotgan g‘alati hid va rangli tutun aholi va mutaxassislar o‘rtasida katta tashvish uyg‘otmoqda. Shahar fuqarolari nafas yo‘llariga ta’sir qiluvchi ushbu holatda kim aybdor ekanini bilishni talab qilmoqda.

Navoiyda havoni ifloslash ehtimoli yuqori bo‘lgan zavodlar aniqlandi
Uzdiplomat tahririyati tomonidan olib borilgan jurnalistik surishtiruv natijasida hududda faoliyat yuritayotgan to‘rtta yirik sanoat korxonasi ekologik tahdid manbai bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Ular orasida 2024 yil Prezident tashrif buyurgan korxonalar ham bor. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘shanda mazkur korxonalarni ekologik talablarga mos holga keltirish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni topshirgan edi. Aholi tomonidan birinchi gumondor sifatida ko‘rsatilgan «Navoiyazot» AJ bu holatda o‘zlarining aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi va isbot sifatida qo‘shimcha kuzatuv kameralari orqali tasvirlarni taqdim etdi. Ammo videotahlillar natijasida asosiy manba sifatida sobiq elektrokimyo zavodi hududida joylashgan boshqa korxonalar ko‘rsatilmoqda. Shu jumladan, «Uzbekistan Hydrogen Peroxide» MCHJ, «Zarafshon Industrial Technology» MCHJ, «Sogda Kimyo Zavod» MCHJ va «Qizilqumsement» AJ kabi korxonalar havoga ammiak, kislota, VOC, NO₂ va PM10 moddalarini chiqarishi mumkinligi ta’kidlanmoqda. Ularning faoliyati texnik jihatdan havo ifloslanishining turli shakllarini keltirib chiqarishi mumkin. Ayni paytda, aholi va jamoatchilik ushbu masalaga hukumat va nazorat organlari tomonidan qat’iy va ochiq munosabat bildirilishini talab qilmoqda. Zavodlarning ekologik nazorati, ishlab chiqarish jarayonlari va chiqindilarni qayta ishlash tizimi doimiy monitoringga olinishi lozim.

Teglar

Mavzuga oid