add

Nepaldagi o‘zbekistonliklar ham ogohlantirildi

09.09.2025 | 23:0027052

Nepal poytaxti Katmanduda to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda.

Nepaldagi o‘zbekistonliklar ham ogohlantirildi
Nepal poytaxti Katmandu va boshqa qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda, ularda komendantlik soati joriy qilingan. Shu sababdan O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Qayd etilishicha, to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqamoqda. Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi. «Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi konsullik bo‘limining quyidagi raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +91 94994 85962 (Telegram/WhatsApp). Telefon raqami tunu-kun ishlaydi», - deyiladi bayonotda.

Teglar

Mavzuga oid