add

Netanyaxu: «Qurolni tashlang, garovdagilarni ozod qiling»

27.09.2025 | 12:0041013

BMT Bosh Assambleyasi minbarida Isroil rahbari G‘azodagi inqiroz, Eron ta’siri va radikalizm xavfini keskin baholab, xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi.

Netanyaxu: «Qurolni tashlang, garovdagilarni ozod qiling»
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu BMT Bosh Assambleyasi minbaridan HAMASga qurol tashlash va garovdagilarni darhol ozod qilish talabini yo‘lladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati garovda qolgan fuqarolarning barchasini uyga qaytarishni ustuvor vazifa deb biladi va bu yo‘lda to‘xtamaydi. Netanyaxu 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumni «tasvirlab bo‘lmas darajadagi vahshiylik» deya baholadi. Rasmiy ma’lumotlarga ishora qilgan holda, u HAMAS hujumi davomida 251 kishi asirga olingani, hozirda 48 nafarining garovda qolgani, shulardan kamida 20 nafari tirik ekani haqida aytdi. Uning ta’kidlashicha, Isroil hududi va fuqarolarining xavfsizligi har qanday muzokara va harbiy qarorlarda ustuvor bo‘lib qoladi. Bosh vazir nutqida Eron hamda mintaqadagi qo‘llovchilari — HAMAS, Livandagi «Hizbulloh» va Yamandagi husiychilarni «terror o‘qi» deb atadi. Ularning ko‘plab tarkibiy qismlari Isroil armiyasi tomonidan yo‘q qilingani yoki zaiflashtirilganini qayd etdi. Shu bilan birga, u G‘azoda genotsid amalga oshirilayotgani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etdi. G‘azodagi urush xalqaro maydonda tobora ko‘proq tanqidlarga uchrayotgan bir paytda, bir qator davlatlar Falastin sektoridagi gumanitar inqiroz chuqurlashganidan tashvish bildirayotgani ham qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid