
Nihoyat qor: yangi hafta boshida O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi
15-dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda.

O‘zgidromet 15-dekabr, dushanba kuni uchun respublika bo‘ylab ob-havo prognozini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hafta boshida O‘zbekistonning qator hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilib, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, ayrim paytlarda qorga aylanishi ehtimoli bor. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat tunda +1...+3 daraja iliq, kunduzi +3...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati tunda -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.





