add

Nomuvofiq mahsulot haqida xabar berganlar moddiy rag‘batlantiriladi

25.08.2025 | 10:1538602

O‘zbekistonda bozor nazoratini kuchaytirishga qaratilgan «Bozor nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Nomuvofiq mahsulot haqida xabar berganlar moddiy rag‘batlantiriladi
Hujjatning maqsadi — inson hayoti, salomatligi va jamoat manfaatlariga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarning muomalaga kirishini oldini olishdir. Loyihaga ko‘ra, bozor nazorati organlari nazorat xaridlari orqali mahsulotlarning sifatini o‘rganadi, majburiy talablarga mos kelmagan holatda ularni muomaladan qaytarib oladi. Nomuvofiq mahsulot aniqlanganda ishlab chiqaruvchi yoki importerga moliyaviy sanksiyalar qo‘llanishi mumkin. Shuningdek, zarar yetkazilgan hollarda jabrlanuvchilarga tovon to‘lanishi belgilangan. Qonun loyihasida Vazirlar Mahkamasiga to‘rt oy muddatda nomuvofiq mahsulotlar haqida xabar bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Bu normaning asosiy maqsadi jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir. Muhokamalar 5 sentyabrgacha davom etadi. Qonun kuchga kirsa, uning amal qilishi 2026 yil 1 iyuldan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid