Norvegiyada benzinli mashinalar deyarli sotilmayapti

05.03.2026 | 11:182 daqiqa

Elektr transport vositalarini o‘zlashtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Norvegiya yanvar va fevral oyilarida ichki yonuv dvigatelli avtomobillar savdosida tarixiy minimal darajani qayd etdi: elektromobillar bozorning mutlaq hokimiga aylanmoqda.

Norvegiyada benzinli mashinalar deyarli sotilmayapti

Norvegiya Yo‘l harakati axborot kengashi (OFV) ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida mamlakatda atigi 7 ta, fevralda esa 12 ta benzinli avtomobil sotilgan. Hibrid va ta dizel yoqilg‘isida ishlovchi yangi avtomobillar salmog‘i sal ko‘proq, lekin ularning soni ham 100 ta atrofida ro‘yxatga olingan.

Biroq yanvarning o‘zida akkumulatorli elektromobillar (BEV) savdosi 2000 tadan, yayevralda esa 7127 tadan oshgan.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Norvegiyada sotilgan yangi avtomobillarning 95,9 foizini elektromobillar tashkil etgan edi. Tahlilchilar bu muvaffaqiyatni yuqori uglerod soliqlari, davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar va an’anaviy dvigatellarni bosqichma-bosqich to‘liq to‘xtatish strategiyasi bilan izohlamoqdalar.

OFV direktori Geyr Inge Stokkening ta’kidlashicha, yanvardagi ko‘rsatkichlar talab to‘xtaganini emas, balki yangi yil oldidagi soliq o‘zgarishlari natijasida bozor barqarorlashayotganini anglatadi.

Ikkilamchi bozor

Elektromobillarga bo‘lgan o‘tish nafaqat yangi avtomobillar, balki ikkilamchi (avval minilgan) mashinalar bozorida ham yaqqol sezilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida ishlatilgan elektromobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan. Hozir Norvegiya ikkilamchi bozoridagi har to‘rtta avtomobildan biri elektr quvvati bilan ishlaydigan transport vositasidir.

Norvegiya Elektr transport vositalari assotsiatsiyasi bosh kotibi Kristina Buning so‘zlariga ko‘ra, «ish hali yakunlanmagan». Hozir mamlakat aholisining 2/3 qismi hali ham yoqilg‘ida yuruvchi mashinalardan foydalanmoqda. Shu sababli 2026-yilda ham elektromobillarni ommalashtirish bo‘yicha ambitsiyali rejalar davom ettiriladi. Bu jarayon elektr mashinalarni nafaqat boy qatlam, balki keng omma uchun ham qulay va arzon muqobilga aylantirmoqda.

Global trend

Norvegiya yetakchilikni saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, boshqa davlatlar ham bu borada faollashgan. Daniyada elektromobillar savdosi oxirgi o‘n yilda 2 foizdan 68 foizgacha ko‘tarildi. Niderlandiya, Finlyandiya, Belgiya va Shvetsiyada ham elektromobillarning bozordagi ulushi 33 foizdan oshgan.

Turkiya esa elektromobillarni o‘zlashtirish tezligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqiga yetib oldi va bozor hajmi bo‘yicha Norvegiyani ortda qoldirdi.

Xitoyda esa elektr va gibrid avtomobillar savdosi ilk bor ichki yonuv dvigatelli mashinalar savdosidan o‘zib ketdi. Bu global miqyosda transport tizimining «yashil» texnologiyalarga o‘tayotganidan dalolat beradi.

Teglar

Mavzuga oid