add

Nukusda harbiy o‘quv mashg‘ulot paytida kichik portlash yuz berdi

11.09.2025 | 14:3545492

Hodisa oqibatida 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajada jarohat olgan.

Nukusda harbiy o‘quv mashg‘ulot paytida kichik portlash yuz berdi
10 sentyabr kuni Nukusdagi dala o‘quv maydonida amaliy mashg‘ulotlar chog‘ida kichik portlash yuz berdi. Bu haqda UzA Milliy gvardiya ma’lumotiga tayanib xabar berdi. (https://t.me/uzalive/112) Ma’lum bo‘lishicha, portlash o‘quv mashg‘uloti uchun mo‘ljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida sodir bo‘lgan. Natijada 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajada tan jarohatlari olgan. Jarohatlanganlarga o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ularning sog‘lig‘ini tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi. Milliy gvardiyaning ta’kidlashicha, hozirda harbiy xizmatchilarning salomatligi xavf ostida emas. Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlangan va mutasaddi rahbarlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlari doirasida bunday holatlarning oldini olish uchun qo‘shimcha xavfsizlik choralari ishlab chiqiladi.

Teglar

Mavzuga oid