add

Nurmat Otabekov: «Bolalarning holati yaxshilanmoqda»

28.09.2025 | 16:555003

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda zaharlanib shifoxonaga yotqizilgan bolalarning salomatligi sezilarli darajada yaxshilangani ma’lum qilindi.

Nurmat Otabekov: «Bolalarning holati yaxshilanmoqda»
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, 28 sentyabr holatiga ko‘ra 182 nafar bola davolanmoqda. Ularning barchasining ahvoli yengillashgan, og‘ir bemorlar yo‘q. Ilgari o‘rtacha og‘ir deb baholanganlar ham tuzala boshlagan. «Maxsus komissiya xulosasi asosida bolalarga o‘tkir gastroenterit tashxisi qo‘yilgan edi. Bu kasallik, odatda, 2–3 kun davom etadi va to‘g‘ri davolanganda tez shifo topadi. Shuning uchun bemorlar qisqa vaqt ichida sog‘ayib, uylariga qaytmoqda» — dedi Nurmat Otabekov. Davolash jarayonlari davlat nazoratida olib borilayotgani qayd etildi. Avvalroq jami 1922 nafar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan 959 nafarida klinik belgilar aniqlanmagani uchun uyiga javob berilgan, keyinchalik yana 269 bola sog‘ayib chiqarilgan. Eslatib o‘tamiz, zaharlanish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yetti kishi qamoqqa olingan. Ular orasida zaharlanishga sabab bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va autsorsing kompaniya vakillari bor. Shu bilan birga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Narimon Umarov bu holat yuzasidan Bosh prokuraturaga deputatlik so‘rovi yo‘llagan.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz