OAV: AQSH BAAga Eron orollaridan birini egallashni taklif qilgan

«The Telegraph» xabariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati vakillari BAA qo‘shinlari orqali Eron orollaridan birini nazoratga olish g‘oyasini muhokama qilgan.

OAV: AQSH BAAga Eron orollaridan birini egallashni taklif qilgan © Getty images

Amerika Qo‘shma Shtatlari Birlashgan Arab Amirliklariga Eronga tegishli orollardan birini egallash taklifini bergan. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, «The Telegraph»  xabar berdi. 


Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati vakillari BAAni Eronga qarshi urushda faolroq ishtirok etishga va Fors ko‘rfazidagi Tehronga qarashli orollardan birini nazoratga olishga chaqirmoqda. Amerika prezidenti xavfsizlik xizmatida ishlagan sobiq yuqori lavozimli manbaning aytishicha, gap Lavan oroli haqida ketmoqda. Xabarlarga ko‘ra, aprel boshida ushbu orol BAA tomonidan amalga oshirilgan maxfiy harbiy zarbalarga uchragan. Biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

«Borib egallang! Bu AQSH emas, BAA qo‘shinlari bo‘ladi», – degan manba nashrga.

Hozircha AQSH va Eron rasmiylari bu ma’lumotlarga izoh bermagan.

Raketa va dron hujumlari

Avvalroq BAA Mudofaa vazirligi mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari Eronning ballistik va qanotli raketalari hamda dronlarini tutayotganini ma’lum qilgan edi. Biroq Eron BAA hududiga raketa va dronlar bilan hujum qilgani haqidagi ayblovlarni rad etgan.

Undan oldin Birlashgan Arab Amirliklari Eron tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinayotgan tankerga hujum haqida xabar bergan edi. Shuningdek, BAAning Fujayra amirligida neft sanoati hududida yong‘in chiqqan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inga dron zarbasi sabab bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid