
Ochlik xavfi global inqirozga aylanmoqda — 300 mln inson tahlika ostida
19.05.2025 | 19:3347712
2024 yil dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi uchun eng og‘ir yillardan biri bo‘ldi. Urushlar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy tanazzul va gumanitar yordamning qisqarishi oqibatida 300 millionga yaqin inson ochlik xavfi ostida qolmoqda.

«The Guardian» nashrida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, 295,3 million kishi kuchli oziq-ovqat tanqisligiga duch kelgan. Ular asosan 53 davlat aholisini tashkil etib, 95 foizdan ortig‘i G‘azo va Sudan kabi muammoli hududlarda yashaydi.
Sudanda fuqarolar urushi oqibatida rasman ocharchilik holati kuzatilmoqda. Bu yerda 24 millionga yaqin odam oziq-ovqat yetishmasligidan aziyat chekmoqda. G‘azoda esa otishmalar va blokadalar 2,1 million kishini ochlikning eng xavfli bosqichiga olib keldi.
Shuningdek, qurolli to‘qnashuvlar Myanma, Kongo, Nigeriyada, iqlim o‘zgarishi esa Efiopiya, Keniya, Somali va Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfini kuchaytirmoqda. Pokistondagi qurg‘oqchilik ham vaziyatni og‘irlashtirmoqda.
USAID tomonidan yordamning to‘xtashi oqibatida Yamayka, Sudan va Haitida 14 milliondan ortiq bola oziq-ovqat yordamisiz qolgan. Bu holat ularni qashshoqlik va o‘lim xavfiga yanada yaqinlashtirmoqda.





