add

O‘g‘lim olgan 30 mukofotning barchasiga munosib — Ramzan Qodirov

14.09.2025 | 19:0044643

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov so‘nggi ikki yilda olgan barcha mukofotlarini adolatli va munosib deb himoya qildi.

O‘g‘lim olgan 30 mukofotning barchasiga munosib — Ramzan Qodirov
«RIA Novosti» xabariga ko‘ra, Qodirov o‘g‘li o‘zining aniq yutuqlari uchun taqdirlanganini ta’kidladi. U Adamni o‘z yoshligini eslab, tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega, deb baholadi. «Men otamning qo‘l ostida ulg‘aydim, u bilan ko‘p narsa o‘rgandim. Adam ham men bilan birga bo‘ldi va shu yo‘l bilan tajriba to‘pladi. Mening yosh paytimda Vladimir Vladimirovich menga ishonib yuqori lavozim topshirgan edi. Adam ham o‘z vazifasini uddalamoqda. Agar mukofotlarga shubha bo‘lsa, men ularning birortasi nomunosib emas, deb hisoblayman», — dedi Qodirov. Adam Qodirov hozirda Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egallab turibdi. U avgust oyida «Checheniston Respublikasi himoyachisi» medali bilan taqdirlangan. Bundan oldin esa u «Checheniston Qahramoni» unvoni va eng oliy «Axmat Qodirov» ordeniga sazovor bo‘lgan. Ramzan Qodirov qarindoshlarini davlat lavozimlariga tayinlashini ochiq tan olib, «Kimga ishonsak, o‘shani tayinlaymiz», deya izoh bergan. Avvalroq u va qarindoshlari Rossiya–Ukraina urushi boshlanganidan beri 146 ta turli mukofot va faxriy unvonlarni qabul qilgani haqida xabar qilingan edi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz