
Ohangaron suv omborida ikki qiz suvga cho‘kib halok bo‘ldi
06.08.2025 | 15:2536472
Angren va ohangaronlik uch qiz «Ohangaron» suv omboriga cho‘milish maqsadida borgan. Ulardan ikkitasi suvga g‘arq bo‘lib halok bo‘lgan, bir nafari qutqarib qolingan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Vaqt.uzʼga ma’lum qilishicha, voqea 2025 yil 28 iyul kuni Ohangaron tumanidagi Chinor mahallasi hududida joylashgan «Ohangaron» suv omborida ikki nafar o‘smir qiz suvga cho‘kib halok bo‘ldi. Bu haqda Ohangaron tuman prokuraturasi axborot berdi.
Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 19 yoshli Durdona Pardayeva va Nihola Erkinaliyeva o‘z yaqinlari bilan birga ombor hududiga kelishgan. Ular qirg‘oq qismida cho‘milayotgan paytda suvga tushib ketgan. Uchinchi qiz — 2009 yilda tug‘ilgan Diyora Abdug‘aniyeva esa qutqarib qolingan.
FVV qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan izlash ishlari natijasida Durdona Pardayevaning jasadi shu kuni soat 20:00 larda, Nihola Erkinaliyevaning jasadi esa ertasi kuni, 29 iyul soat 08:50 larda topilgan.
Ikki holat yuzasidan o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.





