add

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun 08:28221 daqiqa

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Bahromjon Norqobilovni yangi lavozimga Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tavsiya qildi.

Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan va Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarori bilan 2025 yil 9-dekabr kuni lavozimidan ozod etilgan Bahromjon To‘rayevich Norqobilov Ohangaron tumani hokimi eib tasdiqlandi.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, 9-dekabr kuni Xalq deputatlari Ohangaron tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Doniyor Madirimov vazifasidan ozod qilingan. U 2024 yilning may oyida ushbu lavozimda ish boshlagandi.

Zoyir Mirzayev  Ohangaron tumani hokimi lavozimiga  Bahromjon Norqobilov nomzodini tavsiya qilgan.   Xalq deputatlari tuman kengashi uni tuman hokimi etib tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun: Bahromjon Norqobilov 1973 yil Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini; 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini; 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi veterinariya vrachi, iqtisodchi, biznes boshqaruvi.

Teglar

Mavzuga oid