add

Ohangarondagi janjal: maktabgacha ta’lim muassasasi direktori ishdan bo‘shatildi

Ohangaron tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida janjal kelib chiqqandi.

Ohangarondagi janjal: maktabgacha ta’lim muassasasi direktori ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, bo‘lim boshlig‘i S.M. hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori X.A. o‘rtasidagi janjalli vaziyat joriy yilning iyul oyida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, X.A. ish faoliyati davomida turli qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan. Bo‘lim boshlig‘i S.M. tomonidan ogohlantirishlar berilganida X.A. kamchiliklarni tan olmay, janjalli vaziyatni keltirib chiqargan.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan atroficha o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim muassasasi direktori X.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Teglar

Mavzuga oid