add

Oilaviy mehmon uylari va kurort zonalari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi

20.08.2025 | 14:1549907

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm infratuzilmasi va xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan qator yangiliklarni e’lon qildi.

Oilaviy mehmon uylari va kurort zonalari uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi
Amaldagi tartibga ko‘ra, oilaviy mehmon uylarida bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha turist qabul qilishga ruxsat etilgan edi. Endi bu cheklov ikki barobarga oshiriladi. Bu esa mahalliy aholining turizmdan oladigan daromadini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, mahalliy mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari o‘rtasida yillik tanlov o‘tkazish taklif etildi. Mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lib, xalqaro platformalarda ko‘p ijobiy baholar olgan va sayyohlar e’tiborini qozongan xizmat ko‘rsatuvchilar har yili taqdirlanadi. Prezident ta’kidlaganidek: — «Qaysi hududda infratuzilma yaxshi bo‘lsa, o‘sha yer tadbirkorlar uchun jozibador bo‘lib, servis gurkirab rivojlanadi. Shu maqsadda yirik turistik maskanlar soni ko‘paytiriladi. Jumladan, Chortoqning Qorabog‘ mahallasi, Farg‘onaning Chimyon hududi, Boysun tumanidagi Omonxona va Nuroboddagi Nurbuloq shaharchasida master-reja asosida 300–500 gektarli zamonaviy kurort zonalari tashkil etiladi. Ular yilning 12 oyida tinimsiz xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan». Mazkur yirik loyihalar infratuzilmasi uchun davlat tomonidan 150 million dollar yo‘naltiriladi. Mutahassislar fikricha, bu o‘zgarishlar mamlakat turizm salohiyatini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Davlat ob’ektlari va yer uchastkalari ijara narxi inflyatsiya darajasidan oshirilmaydi Joriy yilda 16 ta tumanni jadal rivojlantirish uchun 1,1 trln so‘m ajratildi. Jahon banki ham bu dasturlarni qo‘llab-quvvatlab, 250 mln dollar mablag‘ ajratdi. Kelgusi yilda yana 30 ta tumanda shunday ishlarni amalga oshirish uchun 500 mln dollar yo‘naltiriladi. Prezidentning ta’kidlashicha, bu choralar sanoat, servis va qurilish sohalarida tadbirkorlar uchun katta imkoniyat yaratib, yuz minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etishga xizmat qiladi. 1,1 Endi davlat ob’ektlari va yer uchastkalari ijarasida yillik narx inflyatsiya darajasidan ortiq oshirilmaydi. Shuningdek, kelgusi yildan davlat aktivlari besh yil muddatga ijaraga beriladi. Faqat ijarachi o‘zi xohlaganda yoki majburiyatlar bajarilmaganda shartnoma bekor qilinishi mumkin.
«Ijara munosabatlariga oid qonunchilikni yangilash zarur. 1991 yilda qabul qilingan «Ijara to‘g‘risida»gi qonun asosan davlat manfaatini himoya qilgan bo‘lsa, yangi tahrirda ijarachi va ijara beruvchi huquqlari teng tarzda ta’minlanadi».
Xususiy bog‘cha va maktablar uchun yangi imtiyozlar beriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni e’lon qildi. 22 Oxirgi sakkiz yilda mamlakatda xususiy bog‘chalar soni 31 mingtaga, xususiy maktablar esa 645 taga yetdi. Bu xususiy sektor uchun ochilgan keng imkoniyatlar samarasidir.
«Endi bog‘cha qamrovi 70–80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoit yaratiladi. Avvalo, mazkur tumanlardagi davlat bog‘cha va maktablarining bo‘sh yerlarida xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi» — dedi Prezident.
Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlardan yer uchun ijara haqi 30 yil davomida undirilmaydi. Shuningdek, davlat tomonidan har bir bolaga belgilangan xarajatning yarmi subsidiya qilib beriladi. Bundan tashqari, ushbu tumanlarda boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi. Faoliyati o‘zgartirilmagan holda yer tekinga beriladi, ijtimoiy soliq miqdori 1 foiz qilinadi, tarbiyachilarning maoshi esa uch yil davomida davlat hisobidan to‘lab beriladi.

Teglar

Mavzuga oid