add

O‘lik dengizning janubida yo‘qolgan muqaddas shahar topildi

14.07.2025 | 08:1518863

Iordaniyalik arxeologlar Madaba mozaykasida tilga olingan, ammo asrlar davomida yo‘qolgan deb hisoblangan Tarais nomli vizantiyaliklar shahri qoldiqlarini aniqlashdi. Bu kashfiyot Iordaniyaning Muta universiteti olimlari tomonidan amalga oshirildi.

O‘lik dengizning janubida yo‘qolgan muqaddas shahar topildi
Ushbu tarixiy topilma 2021 yilda boshlangan uch yillik qazishmalar natijasida yuzaga chiqdi. Tadqiqotlar O‘lik dengizning janubiy-sharqidagi Ayn-ul-Qalaa hududida, Al-Iroq qishlog‘i yaqinida olib borildi. Arxeologlar VI asrdagi mashhur Madaba mozaykasidan foydalanishdi — u muqaddas yerlarning eng qadimiy geografik tasviri hisoblanadi va 150 dan ziyod qadimiy joylarni, jumladan, Taraisni ham o‘z ichiga oladi. Professor Musallam R. Al-Ravahna boshchiligidagi jamoa sputnik suratlari va yer usti tahlillari bilan birgalikda mozayka ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi. Ular shahar xarobalari, keramika va shisha buyumlari, toshdan yasalgan mehnat uskunalarini aniqlashdi. Eng muhimi — bazilika shaklidagi vizantiya cherkovi xarobalari topildi. Bu joyda mozayka yotqizilgan pol fragmentlari va o‘ziga xos me’moriy eshik konstruksiyalari aniqlangan. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu shahar nafaqat diniy, balki savdo markazi sifatida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, arxeologlar zaytun yog‘i, uzum presslari va el tegirmonlari qoldiqlarini ham topishdi. Bu esa Taraisda iqtisodiy faollik yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Topilmalar orasida yunon va lotin tillaridagi nasroniycha epitafiyalar yozilgan qabr toshlari ham bor. Ular shaharda rivojlangan nosaro jamoasi mavjud bo‘lganini tasdiqlaydi. Olimlar fikricha, shahar VII asrda — tabiiy ofatlar, savdo yo‘llarining o‘zgarishi va Vizantiyadan islomiy boshqaruvga o‘tish davrida tashlab ketilgan. Bu jarayonlar mintaqadagi ko‘plab qadamjaylarga ta’sir etgan.

Teglar

Mavzuga oid