add

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, uning ishdan olinishi Buxoro sudlaridagi ayrim noqonuniy ishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
O‘zbekiston Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Ikrom Muslimov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Vaqt.uz manbasi xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, uning ishdan olinishi Buxoro sudlaridagi ayrim noqonuniy ishlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. «Oliy sud raisiga yangi o‘rinbosar masalasi ertaga Senatda hal bo‘ladi. Aytishlaricha, Namangan viloyat sudi raisi Alisher Usmonov ushbu lavozimni egallashi kutilmoqda», - dedi suhbatdosh. Iyul oyida ijtimoiy tarmoqlarda Ikrom Muslimov insultga uchragani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Ma’lumot uchun, Ikrom Muslimov 1972 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. Mutaxassisligi – huquqshunos. 1996 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida adliya va sud idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. 1998-2001 yillarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani sudyasi, 2001-2005 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi, 2005-2013 yillarda Oliy sud sudyasi, 2013-2018 yillarda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi raisi bo‘lib ishlagan. 2018-2019 yillarda Oliy sud sudyasi, 2019 yil 12 oktyabrdan hozirga qadar Oliy sud raisi o‘rinbosari – Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Teglar

Mavzuga oid

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi | Vaqt.uz