add

Oliy ta’lim vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi

09.09.2025 | 14:0037853

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari – birinchi o‘rinbosar Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani e’lon qilindi.

Oliy ta’lim vazirining barcha o‘rinbosarlari ishdan olindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida xabar berildi. Jumladan, vazirning birinchi o‘rinbosari Shoxruh Daliyev, o‘rinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingan. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev ham lavozimini tark etdi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, maktabgacha va maktab ta’limida dasturlar ishlayapti, natijalar ko‘rinmoqda. Biroq kasb-hunar va oliy ta’limga mas’ul mutasaddilar haligacha islohotlar mazmunini to‘liq anglab yetmagan. Prezident ta’kidlaganidek, ularning ish uslubini tubdan o‘zgartirish zarur. Shu munosabat bilan hokimlar, vazirlar va ularning o‘rinbosarlari endilikda preventiv va proaktiv ishlashga o‘tishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Davlat rahbari ta’limning barcha bosqichlarida katta o‘zgarishlar amalga oshirilishi lozimligini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid