add

Olmazor tumanidagi omborxonada havoga kimyoviy modda sizib chiqdi

21.07.2025 | 09:2026163

Olmazor tumanidagi omborxonadan havoga vodorod peroksidi moddasining sizib chiqishi tuman aholisi salomatligi uchun xavfli bo‘lgan havo ifloslanishiga olib keldi. Favqulodda vaziyatlar xizmati vaziyatni soat 04:00 ga kelib bartaraf etgan bo‘lsa-da, «Air.Tashkent» platformasi havo sifatining yuqori darajada buzilganini qayd etmoqda.

Olmazor tumanidagi omborxonada havoga kimyoviy modda sizib chiqdi
21 iyul kuni soat 03:00 atrofida Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasidan g‘alati, oltingugurtni eslatuvchi hid kelayotgani haqida xabar berildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Zudlik bilan FVBning radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari voqea joyiga yetib bordi. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonadagi maxsus sig‘imdan vodorod peroksidi moddasi ochiq havoga sizib chiqqan. Bu modda havoda boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishib, zaharli gazsimon tuman shakllantirgan. «Air.Tashkent» xizmatining 423-sonli bolalar bog‘chasi hududidagi datchiklari soat 01:00 dan 06:00 gacha havo ifloslanishini «o‘ta xavfli» darajada qayd etgan. Coat 02:00 da atmosfera ifloslanish indeks qiymati 500 bo‘lgan bo‘lsa, soat 06:00 da ham bu ko‘rsatkich 328 bo‘lib qolgan. FVB soat 04:00 da modda sizib chiqishi to‘liq bartaraf etilganini ma’lum qilgan. Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

Olmazor tumanidagi omborxonada havoga kimyoviy modda sizib chiqdi | Vaqt.uz