
Oltin 6 oy ichidagi eng katta haftalik yo‘qotishni qayd etmoqda
17.05.2025 | 11:3110912
Oltin narxi 1 foizdan ko‘proqqa pasayib, noyabrdan beri eng katta haftalik yo‘qotishni qayd etishi mumkin. Bugga AQSH va Xitoy o‘rtasidagi savdo keskinligining kamayishi va dollar mustahkamlanishi sabab bo‘lmoqda.

16 may kuni spot bozorida oltin narxi 1,17 foizga tushib, unsiyasi 3.202,05 dollarni tashkil etdi. Hafta yakunlari bo‘yicha metall narxi 3 foizdan ko‘proqqa arzonlashishi mumkin.
WisdomTree tahlilchisi Nitesh Shahga ko‘ra, savdo muzokaralari yuzasidan ijobiy signallar va dollarning kuchayishi oltin narxiga bosim o‘tkazmoqda.
Dushanba kuni AQSH va Xitoy tariflarni kamaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu moliya bozorlarida ijobiy kayfiyat uyg‘otdi va sarmoyadorlar xavfsiz aktivlarga bo‘lgan qiziqishini kamaytirdi.
Shunga qaramay, inflyatsiyaning sekinlashishi va AQSHdagi zaif iqtisodiy ma’lumotlar Federal zaxira tizimi tomonidan 2025 yilda stavkalarni pasaytirish kutilayotganini tasdiqladi. Bu esa oltin narxiga ma’lum darajada qo‘llab-quvvatlov berdi.
Boshqa qimmatbaho metallarning narxi ham pasaymoqda: palladiy 0,79 foizga tushib, unsiyasi 960,76 dollarga yetdi, kumush esa 1,5 foizga arzonlashib, 32,18 dollarga tushdi. Platina narxi ham 0,49 foizga kamayib, 984,79 dollarni tashkil etdi.





