
Oltin narxi o‘smoqda
16.06.2025 | 17:4034252
Eron va Isroil o‘rtasidagi geosiyosiy murakkabliklar fonida sarmoyadorlar oltinni xavfsiz aktiv sifatida ko‘ra boshladi. Bu esa qimmatbaho metall narxining yanada o‘sishiga olib keldi.
15 iyun kuni 1 troy unsiya oltin narxi $3450gacha chiqib, aprel oyidagi rekord ko‘rsatkichlarga yaqinlashdi. Shu paytda 1 gramm oltinning jahon bozoridagi narxi taxminan $110 atrofida bo‘ldi.
O‘zbekistonda ham ushbu tendensiya o‘z aksini topdi. 16 iyun kuni Markaziy bank taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, oltin quymalarining narxi yana ko‘tarildi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi o‘lchamlardagi oltin quymalari shunday narxlarda sotilmoqda:
5 gramm — 7 mln 227 ming so‘m;
10 gramm — 14 mln 454 ming so‘m;
20 gramm — 28 mln 909 ming so‘m;
50 gramm — 72 mln 272 ming so‘m;
100 gramm — 144 mln 544 ming so‘m.
Avvalroq Markaziy bank may oyida mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini 410,2 mln dollarga oshirib, umumiy miqdorini 49,66 mlrd dollarga yetkazganini ma’lum qilgan edi. Bu o‘sish asosan valyuta zaxiralari hisobiga amalga oshgan.





