
Oltin, texnika va kimyoviy moddalar — O‘zbekiston tashqi bozorda nimalarni sotdi va sotib oldi?
22.07.2025 | 21:2016303
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 16,1 foizga o‘sib, 37 milliard dollarga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 37 milliard AQSH dollariga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,1 foizga ko‘pdir.
Tashqi savdodagi asosiy hamkorlar qatorida Xitoy ($6,5 mlrd), Rossiya ($6 mlrd) va Qozog‘iston ($2,2 mlrd) mustahkam o‘rin egallab turibdi. Ushbu davlatlar nafaqat O‘zbekiston mahsulotlarini import qilmoqda, balki uning bozorlariga o‘z mahsulotlarini ham faol ravishda yetkazib bermoqda.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakat eksporti $16,8 milliardni, importi esa $20,1 milliardni tashkil etdi. Eksportda eng katta ulush oltinga to‘g‘ri kelib, 6,6 milliard dollarlik ushbu metall eksport qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,2 foizga ko‘pdir. Shuningdek, sanoat mahsulotlari ($1,8 mlrd) va oziq-ovqat mahsulotlari ($1,2 mlrd) ham eksportda muhim o‘rin tutadi.
Import tarkibida esa asosiy sarflar mashina va transport uskunalari ($6,6 mlrd), sanoat tovarlari ($3,2 mlrd) hamda kimyoviy moddalar ($2,6 mlrd) hissasiga to‘g‘ri keldi.





