add

Omonat foizlarining tushishi aholi mablag‘larining bankka oqimini pasaytirdi

30.05.2025 | 17:2025202 daqiqa

Markaziy bank ko‘rsatmasiga binoan omonat foiz stavkalari pasaytirilgani ortidan, aholining bank omonatlariga bo‘lgan qiziqishi keskin kamaydi. Bu holat byurokratik aralashuvning bozor qonuniyatlariga ta’sirini ochiq namoyon etmoqda.

Omonat foizlarining tushishi aholi mablag‘larining bankka oqimini pasaytirdi
Aprel oyi yakuniga ko‘ra, tijorat banklarining umumiy depozit portfeli 13,2 trln so‘mga oshib, 339,2 trln so‘mni tashkil etgan. Biroq bu o‘sishning deyarli barchasi – 12,5 trln so‘mi – korporativ depozitlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, aholi omonatlari atigi 0,7 trln so‘mga ko‘payib, 1 may holatiga 129,9 trln so‘mga yetgan. Solishtirish uchun, mart oyida foizlar pasaytirilishiga qadar aholi omonatlari 5,3 trln so‘mga oshgan edi. Bu esa omonatlarga ishonch pasayganini ko‘rsatadi. Yil boshidan buyon 18 ta bankda aholi omonatlari qoldig‘i o‘smagan yoki qisqargan. Ular orasida 5 ta davlat banki ham bor. Ayniqsa, Ipotekabank (-440 mlrd so‘m), OFB (-147 mlrd so‘m) va Xalq banki (-105 mlrd so‘m)dagi qisqarishlar e’tiborga loyiq. Foiz stavkalaridagi tub o‘zgarishlar jamg‘arma odatlariga ta’sir qilib, bank tizimiga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid