add

Omonatchilar nima uchun davlat banklarini tanlayapti?

31.07.2025 | 09:0039375

O‘zbekiston banklarining kredit portfeli shu yil iyul holatiga ko‘ra, 575 trln so‘mdan oshdi, depozitlar esa bir oyda 10 trln so‘mga ko‘paydi.

Omonatchilar nima uchun davlat banklarini tanlayapti?
Yangi tartib asosida korporativ omonatlarning kafolatlanishi va foiz stavkalarning birxillashtirilishi natijasida depozitlar oqimi tobora davlat banklari tomonga og‘moqda. Markaziy bank 2025-yilning 1 iyul holatiga ko‘ra tijorat banklarining kredit va depozit to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi. [caption id="attachment_11202" align="aligncenter" width="620"]Mb jadval 01 Manba: Markaziy bank[/caption] Qayd qilinishicha, O‘zbekiston banklarining jami kredit portfeli 575,2 trln so‘mni tashkil qiladi. Shundan 196,8 trln so‘m jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, 378,3 trln so‘mi yuridik shaxslar tomonidan olingan. Davlat banklari orasida kredit bo‘yicha yetakchilikni 109,3 trln bilan O‘zmilliybank egallagan. Undan keyin Agrobank (73,9 trln so‘m), O‘zsanoatqurilishbank (68,8 trln so‘m) va Asakabank (39,9 trln so‘m) turadi. Xususiy, ya’ni davlat ulushi bo‘lmagan banklar orasida esa Ipoteka va Kapital bankning kredit portfeli eng yuqori ko‘rsatkichda, ya’ni ikkalasi ham 35 trln so‘mdan yuqori.   Depozit Iyun oyi davomida banklarning depozit portfeli 10,0 trln so‘mga ortib, 355,6 trln so‘mga yetgan. Aholi omonatlari 2,9 trln so‘mga, korporativ depozitlar esa 7,1 trln so‘mga ko‘paygan. «Depozit va omonatlarni kafolatlash tizimi o‘zgargach (mexanizmga korporativ depozitlar ham qo‘shilgach) va foiz stavkalar potologi ma’muriy birxillashtirilgach, depozitlar davlat bonkalari tomon faol oqa boshlagan. Ehtimolki, 200 mln so‘mgacha cheklangan himoya mexanizmida depozitorlar «yopilmaydi» deb hisoblanadigan davlat bonkalarida (ularning aksari tizimli) ko‘proq kafolat ko‘rishmoqda», — deb iqtisodchi Otabek Bakirov yozmoqda. Oy mobaynida eng ko‘p depozit jamg‘argan banklar — Milliybank (+2,6 trln so‘m), O‘zsanoatqurilishbank (+1,8 trln so‘m) va Agrobank (+1,3 trln so‘m) bo‘lgan. Aholi omonatlarini jalb qilishda Agrobank 1,1 trln so‘m jamg‘arib, 24,9 trln so‘m bilan mutlaq yetakchilik qilgan. «Xususiy banklar, xususan shu paytgacha omonatlar bozorida haroratni belgilagan onlayn banklar juda kamtarona natijalar ko‘rsatishmoqda (foizlar va kafolatlar cheklangani sharoitida tabiiyki, davlat bonkalari tanlanadi)», — deydi Bakirov o‘z blogida. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston banklari 2025 yilning birinchi yarmida qancha foyda olgani haqida xabar bergan edik. Mahliyo Hamidova tayyorladi.

Teglar

Mavzuga oid