add

OPEC+ neft qazib olish hajmini yanada oshirishi mumkin

31.05.2025 | 10:0011743

OPEC+ mamlakatlari 2025 yil iyul oyida neft qazib olish hajmini kuniga 411 ming barreldan ham ko‘proq miqdorda oshirishni ko‘rib chiqmoqda. Bunday qaror narxlarni pasaytirishi mumkin.

OPEC+ neft qazib olish hajmini yanada oshirishi mumkin
Reuters agentligining OPEC+dagi manbalariga ko‘ra, tashkilot a’zolari va uning hamkorlari 2025 yil iyul oyidan neft qazib olish hajmini kuniga 411 ming barreldan ortiqqa oshirishni muhokama qilmoqda. Ayni paytda ushbu davlatlar bozorga neftni jadal sur’atda qaytarmoqda, bu esa narxlarga bosimni oshirmoqda. Shanba kuni sakkizta mamlakat vakillari onlayn yig‘ilish o‘tkazadi. Unda ushbu miqdorda qazib olishni iyulda ham davom ettirish yoki yanada ko‘proq miqdorga ko‘tarish masalasi ko‘riladi. Ilgariroq, OPEC+ may va iyun oylari uchun aynan shuncha — 411 ming barrellik kvotani oshirishga kelishgan edi. Qozog‘iston tomonidan berilgan bayonot muhokamalarga qo‘shimcha impuls berdi. Mamlakat energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston may oyida kuniga 1,75 mln barrel neft qazib olgan. Bu esa joriy oy uchun belgilangan 1,4 mln barrellik kvotadan ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Shuningdek, Qozog‘iston iyun oyida Kaspiy quvur konsorsiumi orqali Novorossiysk portiga eksport hajmini 1,65–1,7 mln barrelgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu faoliyat, delegatlar fikricha, OPEC+ davlatlarini yanada katta hajmda qazib olish qarorini qabul qilishga undashi mumkin. Bu orada neft narxlari pasaymoqda. Juma kuni Brent neftining narxi 0,4 foizga kamayib, bir barrel uchun 63,9 dollarni, WTI esa 0,1 foizga tushib, 60,87 dollarni tashkil etdi.

Teglar

Mavzuga oid