add

OpenAI internet brauzerlar inqilobini boshlaganini e’lon qildi

22.10.2025 | 21:153521

Kompaniya ChatGPT asosida ishlaydigan yangi «Atlas» brauzerini taqdim etdi. U Google Chrome’ga raqobatchi sifatida ishlab chiqilgan.

OpenAI internet brauzerlar inqilobini boshlaganini e’lon qildi

OpenAI kompaniyasi «Atlas» nomli yangi veb-brauzerni ishga tushirdi. U ChatGPT sun’iy intellekt dasturiga asoslangan bo‘lib, foydalanuvchilarga internetdan qulayroq tarzda foydalanish imkonini beradi.

Kompaniya asoschisi Sem Altmanning so‘zlariga ko‘ra, brauzerlar sohasida so‘nggi yillarda katta yangilik bo‘lmagan. «Atlas» esa internetdan foydalanishni sun’iy intellekt orqali yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Dastlab «Atlas» faqat Mac kompyuterlarida ishlaydi. Brauzer orqali foydalanuvchi sahifani tark etmasdan turib turli vazifalarni bajara oladi. Shuningdek, «agent mode» funksiyasi internetni avtomatik tarzda aylanib chiqib, foydalanuvchi qiziqishlariga mos ma’lumotlarni topib beradi.

Biroq ayrim mutaxassislarning fikricha, tizim foydalanuvchi ma’lumotlariga haddan ziyod suyanadi va bu shaxsiy erkinlikka xavf solishi mumkin.

Hozirgi kunda Google Chrome dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan brauzer bo‘lib, 3 milliardga yaqin foydalanuvchiga ega. Shu bilan birga, ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalari internetda ma’lumot topish usulini o‘zgartirib, Chrome’ga jiddiy raqobatchi bo‘la boshladi.

BBC va YeI teleradio uyushmasi (EBU) o‘tkazgan so‘nggi tadqiqotda esa AI javoblarining yarmidan ko‘pida xatolikka yo‘l qo‘ygani aniqlangan. Bu esa sun’iy intellektga ishonch masalasini savol ostiga qo‘ymoqda.

Teglar

Mavzuga oid