add

OpenAI o‘zining eng ilg‘or sun’iy intellekt modelini namoyish qildi

12.06.2025 | 09:409304

OpenAI kompaniyasi ChatGPT o3-pro nomli yangi sun’iy intellekt modelasini taqdim etdi. Bu model o‘tgan versiyalarga nisbatan aniqlik, mantiqiy tahlil va ta’limiy sohalardagi samaradorlik borasida sezilarli ustunliklarga ega.

OpenAI o‘zining eng ilg‘or sun’iy intellekt modelini namoyish qildi
OpenAI o‘zining eng rivojlangan sun’iy intellekt modeli — ChatGPT o3-pro’ni ishga tushirdi. Bu model mantiqiy fikrlashga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, fizika, matematika, dasturlash va tahliliy vazifalarda yuqori samara ko‘rsatmoqda. TechCrunchʼning xabar berishicha, API orqali modeldan foydalanish narxi 1 mln kirish tokeni uchun 20 dollar va chiqish tokeni uchun 80 dollarni tashkil etadi. Taxminiy hisobda, 1 mln token 750 ming so‘zga teng. OpenAI ichki sinovlarida o3-pro oldingi versiyalarga nisbatan kuchliroq deb topilgan. Ayniqsa fan, ta’lim, biznes, dasturlash va matn tayyorlash kabi sohalarda ustunligi qayd etilgan. Model o‘zining aniq va to‘liq javoblari, yuqori darajada ko‘rsatmaga rioya qilishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, o3-pro internetda qidirish, fayl tahlili, rasmlar bilan ishlash, Python tilida kodlash va shaxsiylashtirilgan javoblar tayyorlash kabi funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo uning javob tezligi avvalgi o1-pro modelidan sekinroq. OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, AIME 2024 (matematika sinovi) va GPQA Diamond (PhD darajasidagi bilimlar sinovi) natijalarida o3-pro raqobatdosh modellar — Google’ning Gemini 2.5 Pro va Anthropic’ning Claude 4 Opus modellaridan ustun chiqqan. Ayni paytda, ChatGPT’da vaqtinchalik chatlar texnik muammolar tufayli o‘chirib qo‘yilgan. Shuningdek, o3-pro tasvir yarata olmaydi va OpenAI’ning Canvas funksiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Ushbu yangi model ChatGPT Pro va Team foydalanuvchilari uchun allaqachon ishga tushirilgan. Enterprise va Edu rejalaridagi foydalanuvchilar esa kelasi haftada unga kirish imkoniga ega bo‘ladilar. Shunday bo‘lsa-da, o3-pro modelini API orqali ishlab chiquvchilar hozirning o‘zidayoq qo‘llay oladi.  

Teglar

Mavzuga oid