
«Openbyudjet»da g‘olib loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi
01.09.2025 | 08:0025522
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
«Ochiq byudjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonining 2025 yilgi 2 mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab jami 11 milliondan ortiq ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topilgan.
Eng ko‘p ovozni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi «Chambil» MFYda 2991 metr ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar loyihasi qo‘lga kiritgan. 1,5 mlrd so‘mlik loyiha 18 017 ta ovoz to‘plagan.
Eng kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan loyiha esa Toshkent viloyati Ohangaron shahri Umid mahallasi 1 daha 9, 10, 11-uylar oldiga bolalar maydonchasi qurish bo‘ldi. 150 mln so‘mlik loyiha g‘olib chiqishi uchun 31 ta ovoz kifoya qilgan.
G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.





