add

«O‘rikzor savdo kompleksi» buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi

15.07.2025 | 11:202602

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘rikzor savdo majmuasining buzilishi haqida xabarlar tarqab, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar hokimligi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

«O‘rikzor savdo kompleksi» buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi
Rasmiy bayonotda, «O‘rikzor savdo kompleksi» MCHJ hech qanday qurilish yoki qayta qurish ishlari munosabati bilan yopilmaydi. Majmua hududidagi barcha ob’ektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda, deyiladi. shuningdek hokimlik fuqarolardan tasdiqlanmagan va norasmiy xabarlarga ishonmaslikni so‘ragan. Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan «Stroy Gorod» qurilish bozori elektr energiyasidan o‘zboshimchalik bilan uzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng Toshkent shahri FVB rasmiy ma’lumot berib, aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklarini qonun buzilishlarini to‘liq bartaraf etilgunga qadar, ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganligini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

«O‘rikzor savdo kompleksi» buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi | Vaqt.uz