add

Ortiqxo‘jayev prezidentlar oldida ko‘rinish berdi: u Bokuda 80 mln dollarlik bog‘ quryapti

03.07.2025 | 12:0036713

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Boku shahrida «O‘zbekiston» bog‘iga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ortiqxo‘jayev prezidentlar oldida ko‘rinish berdi: u Bokuda 80 mln dollarlik bog‘ quryapti
Qayd etilishicha, yangi bog‘ poytaxtning nufuzli va jadal rivojlanayotgan «Oq shahar» mavzesidan o‘rin olgan. Loyihaga ko‘ra, 4,5 gektar maydonda O‘zbekistonning boy madaniyati va an’analarini namoyish etadigan ulkan majmua barpo etiladi. Bog‘ hududida O‘zbekiston me’moriy obidalari nusxalari, sayilgohlar, yashil hududlar, mehmonxona, turli xil savdo va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etiladi. Binolar qurilishi va bezagida o‘zbek milliy me’morchiligi an’analari hamda naqshlaridan foydalaniladi. Shuningdek, Bokudagi «O‘zbekiston» bog‘ida «o‘zbek milliy muhitiga olib kiruvchi» mehmonxona, «tillarang qum va lojuvard sohilga ega plyaj ham barpo etish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari bog‘ loyihasida okeanarium, yopiq oilaviy istirohat majmuasi, shopping avenyu, mum haykallar muzeyi va uchar teatr qurish nazarda tutilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ning qurilishi uchun 80 mln AQSH dollari sarflanadi. Bu bog‘da yiliga 800 ming tashrifchi kutilmoqda. Marosimda ikki davlat rahbarlari birgalikda bog‘ poydevoriga ramziy kapsula qo‘yib, ushbu muhim loyiha qurilishini boshlab berdilar. Loyiha taqdimotini tadbirkor, sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev qildi. Barcha tegishli hujjatlar olingach, bog‘ qurilishiga 2 yil ketishi ma’lum qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid