add

Otasi O‘zbekistonga olib kelgan va onasiga ko‘rsatilmagan 3 yoshli qizaloq Rossiyaga qaytarildi

26.06.2025 | 08:3039893

Rossiya Bolalar ombudsmani murojaati asosida O‘zbekistonda turib qolgan 3 yoshli qizaloqning manzili aniqlandi. Tegishli organlar aralashuvi bilan bola onasiga topshirilib, Rossiyaga qaytarildi.

Otasi O‘zbekistonga olib kelgan va onasiga ko‘rsatilmagan 3 yoshli qizaloq Rossiyaga qaytarildi
O‘zbekiston Bolalar ombudsmani nomiga Rossiya Federatsiyasidagi hamkasbi tomonidan yo‘llangan murojaat asosida 2021 yilda tug‘ilgan rossiyalik bola S.A. O‘zbekistonda noqonuniy ushlab turilgani holati yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Murojaatga ko‘ra, bola otasi — O‘zbekiston fuqarosi A.S. tomonidan 2024 yil oktyabrigacha bo‘lgan ruxsat asosida olib ketilgan, ammo belgilangan muddat o‘tib ketganiga qaramay, ona K.S. roziligisiz bola O‘zbekistonda qoldirilgan. Ota aloqaga chiqmayotgani va yashash manzili noma’lumligi bois, ona Rossiya ombudsmanlari orqali bolaning taqdiri yuzasidan amaliy yordam so‘ragan. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida ma’lum bo‘lishicha, otasi 2024 yilda ishlash maqsadida Sankt-Peterburgga ketgan. Qizaloq esa buvasi A.G. (1964 yilda tug‘ilgan) qaramog‘ida bo‘lib, u Samarqand shahrida yashab kelayotgani aniqlangan. Mutasaddilar aralashuvi va olib borilgan choralar natijasida buvasi qizaloqni ixtiyoriy ravishda onasiga topshirdi. Qizaloq onasi hamrohligida Rossiyaga qaytdi. Shu munosabat bilan Bolalar ombudsmani o‘zining Rossiyadagi hamkasbi bilan bola huquqlari va manfaatlari yo‘lida samarali va tezkor hamkorlikni davom ettirishini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid

Otasi O‘zbekistonga olib kelgan va onasiga ko‘rsatilmagan 3 yoshli qizaloq Rossiyaga qaytarildi | Vaqt.uz