O‘tgan 4 oyda O‘zbekistonga qancha turist tashrif buyurgani ma’lum qilindi
Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga 4 million nafar xorijiy turist tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foiz ko‘p demakdir. Bu haqda Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
© Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva2026 yilning o‘tgan 4 oyi davomida O‘zbekistonga 4 million nafar xorijiy turist tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizlik o‘sishni anglatadi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Aqqulov taqdim etgan raqamlarga ko‘ra, turizm sohasidagi o‘zgarishlar natijasida xorijiy sayyohlarga ko‘rsatilgan turizm xizmatlari eksporti 40 foizga o‘sib, 1,6 milliard dollarni tashkil etgan.
U shuningdek, sayyohlar tashrifini davlatlar kesimida tahlil qilinganda, an’anaviy bozorlardan tashqari yirik Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan kelayotgan turistlar sonida ham sezilarli o‘sish kuzatilganini bildirdi.
«Xususan, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan tashriflar soni Xitoydan – 3,5 barobarga, Malayziyadan – 2,2 barobarga, Yaponiyadan – 1,6 barobarga, AQSHdan – 1,4 barobarga hamda Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiya va Germaniyadan – 1,2 barobarga ortgan», – dedi qo‘mita raisi Abdulaziz Aqqulov.





