add

Ozarboyjon Rossiyadagi ommaviy hibslar sababli Moskvaga qat’iy norozilik bildirdi

28.06.2025 | 20:3023482

Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida ozarboyjonliklarga nisbatan o‘tkazilgan reydlar sababli Rossiya elchixonasi ishlari vaqtinchalik vakili Pyotr Volokovni chaqirib, Moskvaga qattiq norozilik bildirdi.

Ozarboyjon Rossiyadagi ommaviy hibslar sababli Moskvaga qat’iy norozilik bildirdi
Ozarboyjon Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 27 iyun kuni Rossiya politsiyasi o‘tkazgan reydlar paytida ikki ozarboyjonlik kuch ishlatilib o‘ldirilgan, bir necha kishi og‘ir tan jarohati olgan va to‘qqiz nafar fuqaro qo‘lga olingan. Ozarboyjon Rossiyadan ushbu voqealar yuzasidan tezkor tergov o‘tkazish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi. Sverdlovsk oblasti Bosh tergov boshqarmasi va IIV ma’lumotlariga ko‘ra, reydlar «o‘tgan yillardagi jinoyat ishlari bo‘yicha tergov doirasida» amalga oshirilgan va gumonlanuvchilar yashash joylarida tintuv o‘tkazilgan. Ye1 nashri yozishicha, juma kuni Yekaterinburgda taxminan 50 nafar ozarboyjonlik qo‘lga olingan. Ulardan biri politsiya hujumi paytida yuragida qattiq og‘riq sezib, o‘sha yerda vafot etgan. Uning tanishi jurnalistlarga marhum yoshi katta kishi bo‘lganini va uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmaganini aytgan.

Teglar

Mavzuga oid