add

Ozarboyjon va Qozog‘iston Yevropa neft bozorida Rossiya o‘rnini egallashi mumkin — OPEC

12.07.2025 | 21:5828284

Ozarboyjon va Qozog‘iston kelgusi o‘n yilliklarda Yevropa uchun asosiy neft yetkazib beruvchilarga aylanishi mumkin. Bu haqda OPEKning so‘nggi World Oil Outlook 2050 hisobotida ma’lum qilindi.

Ozarboyjon va Qozog‘iston Yevropa neft bozorida Rossiya o‘rnini egallashi mumkin — OPEC
Yevroittifoq Rossiya neftidan voz kechar ekan, unga yaqin Kaspiybo‘yi davlatlari — Ozarboyjon va Qozog‘iston ushbu bo‘shliqni to‘ldirishi kutilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, bu o‘zgarishlar Yevropaning energetik muhandisligini uzoq muddatga qayta shakllantirishi mumkin. OPEK hisobotiga ko‘ra, 2050 yilgacha Yevropa neft va kondensat importi kuniga taxminan 1,6 mln barrel darajasida barqaror qoladi. Bu ko‘rsatkich 2022 yilgacha bo‘lgan Rossiya ta’minotidan kamroq bo‘lsa-da, asosiy o‘zgarish manbalarda bo‘ladi. Rossiya o‘rnini Qozog‘iston va Ozarboyjon egallab oladi. 2024 yilda YeI tomonidan joriy etilgan embargo tufayli Rossiyadan neft yetkazib berish miqdori 1,8 mln barreldan 2030 yilda 1,7 mln barrelgacha tushishi, 2050 yilga kelib esa 1,6 mln barrelda mustahkamlanishi kutilmoqda. Xisobotda urush tugagandan keyin ham Rossiyaning Yevropaga qaytishi ehtimoli pastligi ta’kidlangan. 2024 yilda Ozarboyjon Yevropaga 12,1 mlrd metr kub gaz eksport qildi — bu o‘tgan yilga nisbatan 20 foiz ko‘p. Shuningdek, Yevropa bozoriga 18,4 mln tonna neft yetkazib berildi. Yuk tashishda Shoh-Dengiz 2, TANAP va TAP kabi gaz quvurlari ishtirok etdi. Hozirda Ozarboyjon gazni 12 davlatga yetkazmoqda, shulardan 10 tasi Yevropa, 8 tasi YeI a’zosi. Qozog‘iston Yevropa neft importida Norvegiya va Rossiyadan so‘ng uchinchi o‘rinda turibdi. 2024 yilda u taxminan kuniga 1,05 mln barrel miqdorida neft yetkazib berdi. Asosiy yo‘nalish — Rossiyaning Novorossiysk porti orqali Kaspiy quvur konsorsiumi (KTK). Shu bilan birga, Qozog‘iston geosiyosiy xavflar sabab Boku–Tbilisi–Jayhun (BTJ) quvuridan ham foydalanishni kuchaytirmoqda — 2024 yilda 1,5 mln tonna neft shu orqali eksport qilindi. Qozog‘iston shuningdek, Germaniyaga neft yetkazib berishni 2025 yilda 50 foizga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va «yashil energiya» eksport qilish imkoniyatlarini ham o‘rganmoqda.

Teglar

Mavzuga oid