add

Ozarboyjonda III MDH o‘yinlari tantanali ochildi

29.09.2025 | 08:2244523

Ganja shahrida III Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari ochildi. Prezident Ilhom Aliyev musobaqaning tantanali ochilish marosimda shaxsan ishtirok etdi.

Ozarboyjonda III MDH o‘yinlari tantanali ochildi
28 sentyabr kuni Ozarboyjonning Ganja shahrida III MDH o‘yinlari tantanali ravishda ochildi. Marosimda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ishtirok etdi. Tantanali marosim Davlat bayrog‘ini ko‘tarish va milliy gimn ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchi mamlakatlar sportchilari paradi o‘tkazildi. Ozarboyjon bayrog‘ini arenaga karatechi Asiman Qurbonli va taekvondichi Zemfira Hasanzoda olib chiqdi. Bu ular uchun katta sharaf sifatida qayd etildi. Marosimda III MDH o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi raisi Samir Sharifov va MDH Bosh kotibi o‘rinbosari Nurlan Seytimov nutq so‘zladi. Shuningdek, sportchilar va murabbiylar qasamyod qabul qilishdi. Prezident Ilhom Aliyev III MDH o‘yinlarini ochiq deb e’lon qildi. Tantanali ochilish marosimi badiiy dastur bilan davom etdi. III MDH o‘yinlarida Ozarboyjon, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston sportchilari ishtirok etmoqda. Shuningdek, MDHga a’zo bo‘lmagan Kuba, Kuvayt, Pokiston, Turkiya va O‘mondan jami 1624 nafar atlet sportning 23 turi bo‘yicha 246 medallar komplekti uchun kurash olib borishmoqda. Birinchi kundan so‘ng Rossiya sportchilari 8 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza bilan yetakchilik qilishmoqda. Musobaqalar 8 oktyabrga qadar davom etadi.

Teglar

Mavzuga oid