add

«O‘zaviatsiya» agentligini saqlash uchun davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi

28.10.2025 | 20:202121

2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasi rivojlantirish bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

«O‘zaviatsiya» agentligini saqlash uchun davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi

27 oktyabr kuni «Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–193-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab «O‘zaviatsiya» agentligini saqlash uchun davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi. Shu jumladan, 2025 yil yakuni va kelgusi yillar uchun «O‘zaeronavigatsiya» markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.

Shuningdek, farmonga muvofiq 2030 yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

- havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish;

- xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;

- O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish.

Teglar

Mavzuga oid

«O‘zaviatsiya» agentligini saqlash uchun davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi | Vaqt.uz