add

O‘zbek, qirg‘iz va tojik tutash chegaralariga doir qonun loyihasi qabul qilindi

Unga ko‘ra, uch davlat chegaralari tutashgan nuqtaning joylashuvi hamda bu hududda davlat chegaralari chiziqlarining o‘tishi aniqlandi.

O‘zbek, qirg‘iz va tojik tutash chegaralariga doir qonun loyihasi qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Qayd etilishicha, shartnoma uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuvi, chegaradosh hududlar iqtisodiy hamkorligining kuchayishi, chegaraoldi savdoning ortishi, chegara hududlarda turli infratuzilmaviy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.

“Bu borada uch mamlakat o‘rtasida chegara masalalarining hal etilishi — o‘zaro hurmat, suverenitet, tenglik tamoyillariga asoslangan aynan ushbu ko‘p yillik mashaqqatli mehnat, samimiy muloqot va hamkorlik samarasidir. Ayni damda, ushbu shartnoma butun mintaqaning yaqinlashuvida ham muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi Qonunchilik palatasi xabarida.

Ma’lumot uchun, ushbu shartnoma 2025 yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida Shavkat Mirziyoyev, Emomali Rahmon va Sadir Japarov o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvda imzolangan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbek, qirg‘iz va tojik tutash chegaralariga doir qonun loyihasi qabul qilindi | Vaqt.uz