add

O‘zbek so‘mi 2025 yilda dollarga nisbatan mustahkamlanmoqdami?

29.05.2025 | 19:0026603

2025 yilda AQSH dollari qadri pasayishi fonida so‘mning mustahkamlanishi kuzatilmoqda. Dollarning rasmiy kursi 12 770 so‘mga tushdi — bu 2024 yil oktyabridan beri eng past darajadir.

O‘zbek so‘mi 2025 yilda dollarga nisbatan mustahkamlanmoqdami?
bugungi kunda AQSH dollari o‘zbek so‘miga nisbatan uch kun ketma-ket pasayib, umumiy 170 so‘mlik yoki 1,3 foizlik tushishni namoyon etdi. Shu bilan rasmiy kurs 12 770 so‘mni tashkil etdi va bu 2024 yil oktyabridan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Mazkur mustahkamlanishning asosiy sabablaridan biri — xalqaro moliya bozorlarida dollarning umumiy qadrsizlanishi bo‘lib turibdi. AQSH dollar indeksi keyingi bir necha yil ichida ilk marta shunchalik past darajaga tushgan. Bu esa dunyo valyutalari, jumladan, o‘zbek so‘miga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, pul o‘tkazmalari hajmi ham so‘m mustahkamlanishiga hissa qo‘shmoqda. 2025 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelib tushgan mablag‘lar 3,3 mlrd dollarni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizga oshgan. Rublning dollarga nisbatan mustahkamlanishi ham pul o‘tkazmalarining ko‘payishiga va dollarning mahalliy bozorda qadrsizlanishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari, 2024 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 53 foizga oshib, 11,9 mlrd dollarga yetdi. Bu ham milliy valyutaning barqarorligida muhim omil hisoblanadi. So‘nggi oylarda oltin narxining o‘sishi, mamlakat zaxiralarining rekord darajaga yetishi va import o‘sish sur’atining eksportga nisbatan sekin kechayotgani ham so‘m mustahkamlanishiga xizmat qilmoqd.

Teglar

Mavzuga oid