add

O‘zbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi

O‘zbekistonlik yoshlar bir vaqtda 2 000 ta robot yig‘ib, Ginnes rekordini yangilamoqchi.

O‘zbek talabalari Ginnes rekordini yangilamoqchi
18 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida 2 000 nafar yosh muhandis bir vaqtda 2 000 ta robotni yig‘ib, ishga tushiradi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova ma’lum qildi. Qayd etilishicha, talaba-yoshlar bu ishi bilan Ginnes rekordlar kitobiga kirishi kutilmoqda. «Tadbirda poytaxtimizdagi va respublikaning turli hududlardan kelgan minglab yoshlar ishtirok etadi. Ular orasida Prezident maktablari o‘quvchilari, imkoniyati cheklangan yosh muhandislarimiz ham bor»”, - deya yozgan u. Ma’lumot berilishicha, 2023 yilda Hindistonda 1 459 nafar o‘quvchi bir vaqtda mini‑robot yasagan. «Yoshlarimiz bu ko‘rsatkichdan yuqoriga chiqishni rejalashtiryapti. Bu voqea — yosh muhandislarimizning kuchi, birdamligi va kelajakka ishonchi ramzi bo‘ladi», - deb ta’kidlagan Hilola Umarova.

Teglar

Mavzuga oid