add

O‘zbekiston 9 oyda Xitoydan qariyb 52 mingta avtomobil import qildi

O‘zbekistonga yanvar–sentyabr oylarida 29 ta davlatdan yengil avtomobil import qilingan. Ularning orasida asosiy ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston 9 oyda Xitoydan qariyb 52 mingta avtomobil import qildi

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida 29 ta davlatdan 56 337 dona yengil avtomobil (elektromobillar ham) import qilingan.

Qayd etilishicha, import qilingan avtomobillar qiymati 807,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Yengil avtomobil importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 927 taga oshgan.

Xitoydan 9 oy mobaynida O‘zbekistonga 51 770 ta yengil avtomobil yetkazib berilgan. Shuningdek, Janubiy Koreyadan esa 2 524 dona avtomobil import qilingan.

Shuningdek, AQSHdan 511 ta, Yaponiyadan 296 ta, Germaniyadan 265 ta, Gonkongdan 249 ta, Rossiyadan 171 ta, Hindistondan 168 ta, BAAdan 98 ta va Avstriyadan 63 dona yengil avtomobil import qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 9 oyda 10 foizga oshgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston 9 oyda Xitoydan qariyb 52 mingta avtomobil import qildi | Vaqt.uz