add

O‘zbekiston avtobozorida 2025 yilda import keskin kamaydi, talab esa o‘zgarmoqda

O‘zbekistonda 2025 yil boshidan avtomobili bozorida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Markaziy bankning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mashinalar narxi o‘sgan, import hajmi va ikkilamchi bozor faolligi pasayishda davom etmoqda.

O‘zbekiston avtobozorida 2025 yilda import keskin kamaydi, talab esa o‘zgarmoqda
So‘nggi yillarda ichki ishlab chiqarish o‘sishda davom etgan. 2024 yilda O‘zbekistonda 399,2 ming avtomobil ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 0,9 foizga ko‘p. Biroq import hajmi keskin kamaydi: 2024 yilda u 7,1 foizga pasayib, 74,5 mingtaga tushdi. 2025 yilning birinchi choragida esa import o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 69 foizga qisqardi. Elektromobillar va gibrid mashinalar importi ham kamaygan. Bu, asosan, sinov poligonlarida majburiy tekshiruvlar joriy qilinishi va talab o‘zgarishi bilan izohlanadi. Elektromobillar importi 1,9 marta, gibridlarniki esa 24 baravarga pasaydi. Ikkilamchi bozorda ham faollik susaymoqda. 2024 yilda avtomobillar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalari 32,9 foizga kamayib, 810 mingta bo‘ldi. Yanvar-aprel oylarida esa savdo o‘tgan yilga nisbatan 125 mingtaga kamaydi. Narxlarga kelsak, yangi avtomobillar narxi so‘mda 4,7 foizga, dollarda 1,6 foizga oshgan. Eski mashinalar narxi esa barqaror pasaymoqda, bu aholining yangi mashinalarga qiziqishi ortishi bilan bog‘liq. Savdo hajmining tushishiga ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlarining 68 baravarga oshirilishi ham ta’sir qilgan. Benzinli avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish 5,4 mln so‘mni tashkil qilmoqda. Shuning uchun ko‘plab haydovchilar ishonchnoma orqali avtomobildan foydalanmoqda. Avtokreditlash hajmi ham kamaydi: 2024 yilda 17,08 trln so‘mlik avtokredit ajratildi, bu 2023 yilga nisbatan 2,1 baravar kam. Bozordagi e’lonlarning asosiy qismi Toshkent va uning atrofida to‘plangan.

Teglar

Mavzuga oid