add

O‘zbekiston dunyo atom energetikasida hal qiluvchi o‘yinchiga aylanmoqda

20.08.2025 | 19:2045352

O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha MDH davlatlari ichida 2-o‘rinni, dunyo miqyosida esa 10-o‘rinni egallaydi.

O‘zbekiston dunyo atom energetikasida hal qiluvchi o‘yinchiga aylanmoqda
O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha MDH davlatlari ichida 2-o‘rinni, dunyo miqyosida esa 10-o‘rinni egallaydi. Mamlakat bu element ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha dunyodagi TOP-5 mamlakat qatoriga kirgan. Bu haqda Atom energiyasi agentligi xabar berdi. Qayd etilishcha, qazib olishning asosiy qismi zamonaviy va ekologik xavfsiz yer ostida tanlab eritish texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda. Hozirda respublikada 23 ta uran konidan foydalanilmoqda. Shu bilan birga, yana 10 ta istiqbolli konda geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda. 2025 yilda mamlakat 4 200 tonna tabiiy uran qazib olish va qayta ishlashni rejalashtirgan. 2030 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 7 200 tonnaga yetkazilishi kutilmoqda. «Uran atom energetikasi uchun strategik xomashyo sifatida global energiya balansining asosiy elementi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida ishonchli hamkor sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab, kelajakning kam uglerodli energetikasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid